Me’da-ichak kasalliklari bo’limi
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ Markaziy klinik kasalxonasining gastroenterologiya bo’limida quyidagi xonalar mavjud:
Ichakni yuvish. Ichaki yuvish surunkali gepatitlar, spastik kolitlar, allergik reaktsiyalar, teri kasalliklarida buyuriladi. Ichakni yuvish “Azon-1” portativ apparati yordamida ozonli suv bilan amalga oshiriladi.
Duodenal yuvish. Mineral suv bilan duodenal yuvish magniy sulfatidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Duodenal yuvish surunkali holetsistitlar, o’t pufagi va o’t chiqarish yo’llari diskineziyasi, allergiya va teri kasalliklarida buyuriladi. Zarur xollarda, ayniqsa, lambliya va gelmintlar borligiga shubxa qilinsa, duodenal tarkib taxlil uchun laboratoriyaga topshiriladi. Shubxa tasdiqlansa, zond orqali zarur dori preparatlari(metrodinazol, makmiror, furazolidon) kiritiladi.
Ichakni yuvish va duodenal yuvish usullarini an’anaviy dori-darmonli davolash usullari bilan birgalikda qo’llash muolaja samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va bemorning tuzalish muddatini tezlashtiradi.
Bo’lim mudiri: Qodirova Mavlyuda Abrorovna
Gastroenterolog. Oliy toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 41 yil.
1983 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
1983-yildan 1985-yilgacha Toshkent shahridagi 28-sonli poliklinikada terapevt vrach bo’lib ishlagan;
1985 yildan 1989 yilgacha Toshkent shahar Chilonzor tumani 16-son poliklinikasida terapevt bo’lib ishlagan;
1989-yildan 1994-yilgacha O’rta Osiyo temir yo’llari klinik shifoxonasining oshqozon-ichak kasalliklari bo’limi shifokori lavozimida ishlagan;
1994 yildan 1996 yilgacha «O’zbekiston temir yillari» AJ Markaziy klinik shifoxonasi oshqozon-ichak kasalliklari bo’limi shifokori lavozimida ishlagan;
1996 yildan hozirgi kungacha «O’zbekiston temir yillari» AJ Markaziy klinik shifoxonasi oshqozon-ichak kasalliklari bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.
Gastroenterolog: Ostashevskaya Elena Vyacheslavovna
Gastroenterolog. Oliy toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 35 yil.
1989 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
1989-1991 yillarda Toshkent ikkinchi Davlat tibbiyot institutida klinik ordinator bo’lib ishlagan;
1991 yildan 1995 yilgacha Toshkent klinik shifoxonasida rentgenolog bo’lib ishlagan;
1995-yildan 2007-yilgacha O’zbekiston temir yo’llari Davlat aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasi Markaziy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan;
2007 yildan hozirgi kunga qadar «O’zbekiston temir yillari» AJ Markaziy klinik shifoxonasi oshqozon-ichak kasalliklari bo’limida gastroenterolog lavozimida ishlab kelmoqda.