Asab kasalliklari bo’limi
Nevrologiya bo’limi sharoitida davolash mumkin bo’lgan kasalliklar:
- Insultning qoldiq ko’rinishlari
- Tomir entsefalopatiyasi
- Bosh miyani qon bilan ta’minlovchi arteriyalarning aterosklerotik(jumladan, asimptom) zararlanishi
- Bosh og’rig’i, migren
- Vestibulyar o’zgarishlar (bosh aylanishi, quloqdagi shovqin)
- parkinsonizm va boshqa ekstrapiramida kasalliklari
- Fokal distoniya
- Uch shoxli nerv nevralgiyasi
- Yallig’langan va toksik polineyropatiyalar
- Tarqoq skleroz va nerv tizimining boshqa demielinizatsiya kasalliklari(entsefalomielit, polineyropatiya)
- Nerv tizimining degenerativ kasalliklari(yon amiotrofik skleroz, dementsiya, olivopontotserebellyar atrofiya)
- Epilepsiya va boshqa paroksizmal xolatlar
- Umurtqa pog’onasi kasalliklari (lyumbalgiya, umurtqalararo disk churrasi)
O’zbekistonda ilk bor
Botulinoterapiya – bu zamonaviy klinik tibbiyotning A turidagi botulinotoksin preparatlari maxalliy in’eksiyalarini qo’llash bo’yicha yo’nalishidir.
Botulinoterapiya mutaxassislari tibbiyotning turli soxalarida mexnat qiladi, ayni paytda ularning aksari nevrologlar va kosmetologlardir.
Botulinoterapiyaga extiyoj sezuvchi bemorlarga qulaylik va muolajaning sertifikatli mutahassis tomonidan to’g’ri olib borilishi uchun sharoit yaratish maqsadida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Markaziy klinik kasalxonasida botulinoterapiya xonasi ochildi.
Botulin toksini nima?
Bu laboratoriya sharoitida Clostridium botulinum mikroorganizmlari chiqaradigan toksin bo’lib, mushak orasiga kiritilganida nerv-mushak birikmasida atsetilxolin ajralishini to’xtatib, mushakni vaqtincha falajlaydi va preparat kiritilgan soxada mushak spazmining yo’qolishiga olib keladi.
Botulinoterapiya yordamida qanday kasalliklar davolanadi?
- Blefarospazm (ko’zning g’ayriihtiyoriy pirpirashi)
- Yuz mushaklari gemispazmi(yuning yarmida mushaklarning g’ayriixtiyoriy qisqaribtortishishi)
- Servikal distoniya (spatik bo’yin qiyshikligi)
- Gipergidroz (qo’ltiq va qo’l kaftining ortiqcha terlashi)
- Og’riq sindromlari (miofastsial va surunkali bosh og’rig’i, zo’riqish, migren).
Bunday kasalliklarga chalingan bemorlar shifokorlar bilan muloqot qilish borasida boy va ayni paytda qayg’uli tajribaga ega bo’lishadi, shifokorma-shifokor – okulistan nevrologga, nevrologdan psihiatrga, terapevtga qatnab yuraverishadi. Biroq, afsuski, muolajada natijasida sezilarli yaxshilanish kuzatilmaydi. Xozirgi kunda qovoqning gayriihtiyoriy uchishi, yumilib qolishini tabletkalar yoki ukol bilan davolab bo’lmasligi isbotlangan va faqatgina botulotoksinni spazmga uchragan mushakka maxalliy kiritish samarali ta’sir ko’rsatadi, shundan so’ng bemor yuz mushaklari ixtiyorsiz qismaryotganini seza boshlaydi.
Shuningdek, botulinoterapiyani qo’llashdagi eng mashxur yo’nalish – bu yuzdagi mimik ajinlarni yo’qotish. Botulinotoksin kiritilishi natijasida “mag’rur” ajinlar yoziladi, peshanadagi gorizontal ajinlar va ko’z burchaklaridagi “g’oz panjasi” yo’qoladi, bemorlar yoshroq ko’rinadi va ularning kayfiyati sezilarli yaxshilanadi.