Jarroxlik bo’limi
Jarroxlik bo’limi 50 o’ringa mo’ljallangan:
- 4 ta lyuks palata(1-2 o’rinli), 28 ta umumiy palata(1-2-4 o’rinli)mavjud;
- Davolash xonasi;
- Bog’lov, ko’rik xonasi;
- Jarroxlik amaliyoti xonasi, jarroxlik amaliyotiga tayorgarlik xonasi, intensiv terapiya palatasi.
Bo’limimizdagi apparatura
- Bo’limda tibbiy apparatura va jixozlar bilan ta’minlanganlik qoniqarli xolatda. Bo’limda «Karl Shtorts» laparoskopi, jarroxlik so’rg’ichi, jarroxlik koagulyatorlari mavjud.
- Jarroxlik amaliyoti stoli – 6 dona.
- Narkoz apparatlari – 5 dona.
- Elektroagulyator – 4 dona.
- Elektrso’rg’ich – 4 dona.
- Jarroxlik va tashxislash laparoskopi – 1 dona.
- Jarroxlik va tashxislash sistoskopi – 1 dona.
- Rektoskop – 1 dona.
- Portativ monitor – 3 dona.
Bo’limda quyidagi jarroxlik amaliyotlari o’tkaziladi:
- Jigar va o’pka exinokokkektomiyasi
- Terining yaxshi sifatli o’smalari va teri osti xujayrasini olib tashlash
- Oyoqlarning varikoz kasalligida venani ilib tashlash
- Gemorroidektomiya
- Ivaniseevich operatsiyasi (urug’ kanalchasi venasini bog’lash)
- Moyak haltasi istisqosida jarroxlik amaliyoti
- Oshqozon va 12 barmoq ichak perforativ yarasini tikish
- Churrani kesish (chov, tug’ma, operatsiyadan keyingi, qaytalangan churralar)
- Appendektomiya
- Dumg’azaning dermoid kistasini kesib olish
- Pararektal oqmani kesib olish
- Suyaklar singanda jarroxlik amaliyoti
- Yiring to’plangan joyini ochish
Jarroxlik bo’limi shifokorlari
Bo’lim mudiri: Ollaberganov Javlon Bakbulsinovich
Jarroh. Birinchi malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 17 yil.
2002 yilda Toshkent Davlat birinchi tibbiyot institutini tamomlagan.
1995 yildan 2002 yilgacha – Toshkent Davlat birinchi Urganch filiali davolash fakulteti talabasi;
2002 yildan 2005 yilgacha – Toshkent Davlat birinchi tibbiyot institutining jarrohlik mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasi;
2005 yildan 2010 yilgacha – «O’zbekiston temir yillari»davlat aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi jarrohi;
2010 yildan 2015 yilgacha – «O’zbekiston temir yillari» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi boshlig’i;
2015 yildan hozirgi kungacha – «O’zbekiston temir yo’llari» AJ Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi boshlig’i.
Jarroh: Otajanov Alisher Olimbaevich
Jarroh. Birinchi malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 22 yil.
1997 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
1997 yildan 1998 yilgacha – Xorazm tumani Markaziy shifoxonasida internat shifokori;
1999 yildan 2000 yilgacha – Toshkent shahar 9-sonli Markaziy poliklinika jarrohi;
2000 yildan 2007 yilgacha – «O’zbekiston temir yillari» Davlat aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi jarrohi;
2007 yildan 2008 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasi Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi boshlig’i vazifasini bajaruvchi;
2008 yildan 2015 yilgacha – «O’zbekiston temir yillari» Davlat aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi jarrohi;
2015 yildan hozirgi kungacha – «O’zbekiston temir yillari» AJ Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi jarrohi.
Jarroh: Ro’zmetov Xamid Ismailovich
Jarroh. Birinchi malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 17 yil.
Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot institutini 1997 yilda tugatgan.
1997 yildan 1998 yilgacha – «Toshkentuyjoyinvestqurilish» tibbiyot sanitariya birlashmasi korporasiyasi shifokor Interni;
1999 yildan 2001 yilgacha – O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish bosh boshqarmasi shahsiy tarkib bilan ishlash bo’limi shifokori;
2002 yildan 2004 yilgacha – Toshkent shahri 7700-sonli harbiy qismi shifokor jarrohi;
2004 yildan 2004 yilgacha – 1 – sonli Respublika klinik shifoxonasi shifokor jarrohi;
2004 yildan 2005 yilgacha – Toshkent shahri 7700-sonli harbiy qismi shifokor jarrohi;
2005 yildan 2015 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi shifokor jarrohi;
2015 yildan hozirgi kungacha – «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasining jarrohlik bo’limi shifokor jarrohi».
Urolog: Samandarov Odilbek Gapurovich
Urolog. Birinchi malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 26 yil.
1987 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
1987 yildan 1988 yilgacha – Sog’liqni saqlash vazirligi 1 – sonli klinik kasalxonasi shifokor Interni;
1988 yildan 1990 yilgacha – Toshkent shahri tez va shoshilinch yordam bekati shifokori;
1992 yildan 1992 yilgacha – Xazorasp tumani kasalxonasi shifokor anesteziologi;
1992 yildan 1994 yilgacha – birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti klinik ordinatori;
1994 yildan 1996 yilgacha – birinchi Toshkent Davlat tibbiyot oliygohi urologiya kafedrasi assistenti;
1996 yildan 1999 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi urologiya bo’limi mudiri;
1999 yildan 2015 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi jarrohlik bo’limi shifokor urologi;
2015 yildan hozirgi kungacha – «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasining jarrohlik bo’limi shifokor urologi.
Bo’limda xar yili 600 dan ortiq qorin bo’shlig’i a’zolari va suyak-mushak tizimi, urologiya operatsiyalari o’tkaziladi. Tashhislash va bemorlarni jarroxlik yo’li bilan davolashning yangi usullari muntazam tatbiq etib boriladi.
Jarroxlikning yangi sifatli darajasi operatsiyalaridan shikastlanishni kamaytirishga imkon beruvchi endojarroxlikning tatbiq etilishi bilan bog’liq. O’t-tosh kasalligida o’t pufagini olib tashlash uchun laparoskopiya usuli keng qo’llanmoqda.
Bo’limda chov va qorin pardasining operatsiyadan keyingi churralarini jarroxlik yo’li bilan davolash, churra darvozasi plastikasi uchun to’r transplantantlar qo’llanmoqda.
O’t pufagi operatsiyasi
O’t pufagiу operatsiyasida jarrox qorin pardasini katta kesishi shart emas, to’rtta kichkinagina teshiklar kifoya. Ulardan biridan laporoskopni o’tkazish orqali shifokor butun qorin bo’shlig’ini ko’rib turadi, mikroasboblar esa o’t pufagi operatsiyasini o’ta aniqlik bilan o’tkazishga imkon beradi.
Churrani davolash, churra operatsiyalari
Churra – ichki a’zolar yoki ular bir qismining tabiiy teshikdan churra darvozasi orqali biror bo’shliqqa ichki qorin pardasi bilan chiqishidir. Bu teri ostida sezilarli qavariq paydo bo’lishiga, qorin pardasining zayif joylaridan chiqib turgan to’qimalarga bosim esa intensiv og’riq va noqulaylikka sabab bo’ladi.
Churrani davolash o’z vaqtida boshlash muxim. Churra davolanmasa, u o’zidan-o’zi o’tib ketmaydi, xajmi kattalashib, og’riqli bo’lib boradi. Katta xajmdagi churrani davolash mashaqqatli vazifa xisoblanadi. Yodda tutish lozimki, xar qanday churra jiddiy asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi va xatto xayot uchun xavf tug’dirishi mumkin.