Shifoxona haqida

“O’zbekiston temir yollari” AJ Markaziy klinik kasalxonasi xaqli ravishda O’zbekistonning etakchi ko’p tarmoqli davolash-profilaktika markazlaridan biri xisoblanadi. Bir asrdan oldinroq Toshkentda, temir yo’l tibbiyot xizmati shakllana boshlagan mahal asos solingan mazkur shifoxona diagnostika(tashxislash), davolash va reabilitatsiya bo’yicha ulkan tajriba to’pladi.

Markaziy klinik shifoxona temir yo’l tibbiyoti an’analarini avaylab asragan xolda diagnostika va davolashning barcha bosqichlarida ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xamda bemorlar xavfsizligini tinimsiz oshirish orqali jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Eng yangi texnikalar bilan jixozlanganlik, shuningdek, kam invazivli va a’zolarni asrovchi zamonaviy texnologiyalarni qo’llash davr bilan xamnafas qadam tashlashga imkon bermoqda.

Bugungi kunda Markaziy klinik shifoxona – bu keng kompyuterlashtirilganlik, yuqori texnologik jixozlar, bir va ikki kishilik qulay va havfsiz lyuks palatalar, xisob-kitobdagi shaffoflik, diagnostika va davolashga yangi texnologiyalarni tatbiq etish xamda yuqori malakali, g’amxo’r va samimiy jamoa demakdir.

Bularning bari minglab bemorlarga o’zlari va yaqinlarining salomatligini tiklashda bizga ishonishlariga imkon bermoqda.