Quloq, tomoq kasalliklari bo’limi(LOR)

LOR bo’limi 20 o’ringa mo’ljallangan. 3 ta lyuks (1-2 o’rinli) va 4 ta umumiy palatalar mavjud.

  • Davolash xonasi
  • Bog’lov, ko’rik xonasi

  • Jarroxlik amaliyoti xonasi, jarroxlik amaliyotiga tayorgarlik xonasi

  • Oshxona

  • Xojatxona, vannaxona

Tashxislash usullari

  • LOR a’zolarning tashqi ko’rigi
  • Old rinoskopiya
  • Orqa rinoskopiya
  • Faringoskopiya
  • Bilvosita laringoskopiya
  • Otoskopiya
  • LOR a’zolarining rentgen tekshiruvi
  • Kompyuter audiogrammasi

Bo’limdagi apparatura

Bo’limning tibbiy apparatura va jixozlar bilan ta’minlanganligi qoniqarli xolatda. Bo’limning tibbiy apparatura va jixozlar bilan ta’minlanganligi qoniqarli xolatda. Bo’limda “AUDIOS” kompyuter audiometri mavjud bo’lib, uning yordamida bemordagi eshitishning pasayish darajasini aniqlash uchun audiometriya tekshiruvi o’tkaziladi. Shuningdek, elektron mikroskop, ultratovush dezintegrator, EVROVAC jarroxlik so’rg’ichi va uzluksiz ishlovchi jarroxlik so’rg’ichi, “Xiratom” kimyoviy koagulyatori mavjud.

Bo’lim mudiri: Axmedjanova Shaxlo Bahodirova

LOR. Birinchi malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 17 yil.
2009 yilda Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot institutini tamomlagan.

1991 yildan 1997 yilgacha — Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti talabasi;
1997 yildan 1998 yilgacha — Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti shifokor Interni;
1998 yildan 2000 yilgacha — Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti klinik ordinatori;
2001 yildan 2005 yilgacha — Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti quloq tomoq burun bo’limi shifokor otorinolaringologi;
2005 yildan 2006 yilgacha — «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi quloq tomoq burun kasalliklari bo’limi shifokor otorinolaringologi;
2007 yildan 2015 yilgacha — «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi quloq tomoq burun kasalliklari bo’limi mudiri;
2015 yildan hozirgi kungacha — «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasining quloq tomoq burun kasalliklari bo’limi mudiri.