Ichki kasalliklar bo’limi

Bo’lim yangi ta’mirlangan binoda joylashgan bo’lib, terapevtik yordam ko’rsatish uchun 40 ta o’rin mavjud.

4 bemorga mo’ljallangan palatalar, 1 kishilik lyuks hamda 1 va 2 kishilik yarim lyuks palatalar mavjud.

terapiya2

Bo’limda terapevt va endokrinolog shifokorlar ishlaydi. Terapevtik va endokrin kasalliklarga chalingan bemorlarni kompleks tekshiruvdan o’tkazib, dori-darmon va fizioterapiya yordamida davolaymiz.

Bo’lim mudiri: Muratova Marina Nurnazarovna

Terapevt. Yuqori malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 28 yil.
1990 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

1990 yildan 1991 yilgacha – «O’rta Osiyo temir yo’llari» temir yo’l klinik kasalxonasi ichki kasalliklar bo’yicha shifokor Interni;
1991 yildan 1994 yilgacha – «O’rta Osiyo temir yo’llari» temir yo’l klinik kasalxonasi nefrologiya bo’limining bo’limi mudiri;
1994 yildan 1995 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat – aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi nefrologiya bo’limi mudiri;
1995 yildan 1996 yilgacha – Fiziologiya va nafas olish patologiya instituti shifokor terapevti;
1996 yildan 1999 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi xo’jalik xisobidagi bo’limi boshlig’i;
1999 yildan 2015 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Markaziy klinik kasalxonasi ichki kasalliklari bo’limi mudiri;
2015 yildan hozirgi kungacha – «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasining ichki kasalliklari bo’limi mudiri.

Terapevt: Ollaberganova Nigora Bakbulsinovna

Terapevt. Yuqori malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 13 yil.
Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filialini 2004 yilda tamomlagan.

1997 yildan 2004 yilgacha – birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali davolash fakulteti talabasi;
2004 yildan 2006 yilgacha – ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot instituti ordinatori;
2006 yildan 2009 yilgacha – Shovot tumani Markaziy shifoxonasi shifokor terapevt;
2009 yildan 2015 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining urgan bekati temir yo’l shifoxonasi terapiya bo’limi shifokor terapevti;
2015 yildan 2017 yilgacha – «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyati urgan bekati temir yo’l shifoxonasi terapiya bo’limi shifokor terapevti;
2017 yildan hozirgi kungacha – «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasining ichki kasalliklari bo’limi shifokor terapevti.

Endokrinolog: Shamaxmudova Movluda Shukurullayevna

Endokrinolog. Yuqori malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 28 yil.
1995 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

1995 yildan 1996 yilgacha «O`zbekiston temir yo`llari» Davlat aksiyadorlik temir yo`l kompaniyasi sog’liqni saqlash xizmati Markaziy klinik kasalxonasi ichki kasalliklari bo`limi shifokor terapevt interni;

1996 yildan 1997 yilgacha «O`zbekiston temir yo`lari» Davlat aksiyadorlik temir yo`l kompaniyasi sog’liqni saqlash xizmati Markaziy klinik kasalxonasi ichki kasaliklar bo`limi shifokor terpevti;

1997 yildan 1999 yilgacha «O`zbekiston temir yo`llari» Davlat aksiyadorlik temir yo`l kompaniyasi sog’liqni saqlash xizmati Markaziy klinik kasalxonasi endokrinologiya bo`limi shifokor endokrinologi;

1999 yildan 2015 yilgacha «O`zbekiston temir yo`llari» Davlat aksiyadorlik temir yo`l kompaniyasi Markaziy klinik kasalxonasi ichki kasaliklar bo`limi shifokor endokrinologi;

2015 yildan hozirgi kunga qadar «O`zbekiston temir yo`llari» Aksiyadorlik jamiyati Markaziy klinik kasalxonasining ichki kasalliklari bo`limi shifokor endokrinologi.