Yutuqlar

Fizioterapiya bo’limi:

  • Artroz-artritlarda BTL 6000 Shortwave apparati yordamida yuqori sifatli elektromagnit maydonini qollash
  • Yangi BTL – 5000 Series apparati (ultratovush terapiyasi) yordamida shikastlanishlardan keyingi surunkali shishlari davolash

Kardiologiya bo’limi

  • Surunkali yurak etishmovchiligiga chalingan be’morlarni BKIJ(Butunrossiya kardiologlar ilmiy jamiyati)ning so’ngi tavsiyalariga muvofiq davolash
  • Bemorlarni koronarografiyaga, jarroxlik amaliyotiga tayyorlash

Jarroxlik amaliyoti bo’limi

Jarroxlik yuli bilan davolashda zamonaviy texnologiyalar:

  • o’t-toshi kasalligi (Germaniyaning «Karl-Shtorts» firmasining laparoskopik XEK uskunasi)
  • turlicha joylashgan churralar, operatsiyadan keyingi va retsidiv ventral churralar (“Prolen” to’r transplant yordamida churra darvozalari plastikasi)

Ginekologiya bo’limi

  • “Doktor Camscope” firmasi kolkoskopida bachadon bo’yini kasalliklarini erta tashxislash
  • Bachadon bo’yinining fon va saratonoldi kasalliklarini jarroxlik yuli bilan davolash

Terapiya bo’limi

  • “Neybulayzer” orqali dorilarni ingalatsiya usuli bilan kiritish yordamida bronh-o’pka patologiyalarini davolash

Reanimatsiya bo’limi

  • “Gemofeniks” firmasining membranali davolovchi va (yoki) donor plazmeferez uchun mo’ljallangan «TT» apparatida plazmeferez

LOR bo’limi

Kelib chiqishi turlicha bo’lgan eshitishning pasayishini aniqlash uchun Sank-Peterburgdagi «Biomedilen» firmasining AA-02 avtomatlashtirilgan audiometriya yordamida bemorlar audiometriya ekshiruvidan o’tkaziladi.

Germaniyaning “ZEISS” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektron mikroskop yordamida tashqi quloqdan poliplar, granulyatsiyalarni olib tashash uchun mikrojarroxlik amaliyoti o’tkaziladi.

Vazomotor, gipertrofik tumovlardan konservativ davolash foyda bermaganida, kattalashgan chanoqlarni “LORODON” ultratovush dezintegrator apparati yordamida qoydirish o’tkaziladi.

Evropada ishlab chiqariladigan EVROVAC jarroxlik so’rg’ichi va uzluksiz ishlovchi jarroxlik so’rg’ichi yordamida bo’shliqlar sanatsiyasi punktsiyasiz usulda amalga oshiriladi.

Slovakiyada ishlab chiqarilgan «Xiratom» jarroxlik koagulyatori yordamida bodomsimon bezlarini qisman yoki butkul olib tashlash operatsiyasi kam qon yuqotga xolda o’tkaziladi.

Ko’z kasalliklari bo’limida

  • Kelib chiqishi turlicha bo’lgan kataraktalarda Shvetsariyada ishlab chiqarilgan OERTLI – OS-3 apparatida ko’z gavxari ultratovush fakoemulsifikatsiyasi
  • Ikkilamchi kataraktada AQShda ishlab chiqarilgan LUMENIS-SELECTA-DUET apparatida ko’z gavxari orqa kapsulasining lazeri distsiziyasi
  • Ochiq glaukomada AQShda ishlab chiqarilgan LUMENIS-SELECTA-DUET apparatida lazerli selektiv trabekulastika
  • Yopiq glaukomada AQShda ishlab chiqarilgan LUMENIS-SELECTA-DUET apparatida lazerli perefirik iridektomiya

KDL yutuqlari:

Etakchi “Human” (Germaniya), “Cypres diagnostucus” (Belgiya), “Poche Systems” (Germaniya) firmalarining zamonaviy apparatlarida biokimyoviy va gematologik taxlillar, jumladan, glikogemoglobin, B va C gepatitlar, Т3, Т4, TTG gormonlari, surtma, astsitik suyuqlik, plevlar yiring, endoskopik materialning sitologik tekshiruvi o’tkaziladi.