Yurak kasalliklari bo’limi
Yurak kasalliklari bo’limi to’rt qavatli korpusning ikkinchi qavatida joylashgan. Bo’lim temir yo’lchilarga xizmat ko’rsatish uchun 60 o’ringa va pulli xizmatlar bo’yicha bemorlarni davolash uchun 8 o’ringa mo’ljallangan. Bo’limning asosiy yo’nalishi yurak-qon tomir kasalliklari va ularning asoratlarini erta aniqlash va davolashdir.
Bemorlarni davolash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlar asosida olib boriladi, poliklinika shifokorlari bilan izchil ishlash tartibi yo’lga qo’yilgan. Bo’lim amaliyotida muntazam ravishda dori preparatlarining yangi avlosi tatbiq etiladi, kardiologik kasalliklarni tashxislash va davolashda eng yangi usullardan foydalaniladi.
Tashhislash va davolashda zamonaviy tibbiy texnologiyalar keng ishlatiladi: klinikamizda o’tkaziladigan EKG, kunlik EKG monitoring, exokardiografiya, veloergometriya, biokimyoviy taxlillar, qonning lipid spektirini aniqlash, koagulogramma, shuningdek, shaxarning ilmiy markazlarida o’tkaziladigan yurakning multispiral kompyuter tomografiyasi, koronarografiya.
Bo’limda quyidagi kasalliklar davolanadi:
- yurak ishemik kasalligi;
- miokard infarkti;
- arterial gipertenziya;
- kardiomiopatiya;
- maromning buzilishi: xilpillovchi aritmiya, ekstrasistoliya, paroksizmal tahikardiya;
- yurakning revmatik kasalliklari;
- surunkali yurak etishmovchiligi;
- vegetativ distoniya;
- yurak operatsiyalaridan keyin bemorlar reabilitatsiyasi.
Bemorlarga to’rt maxal parxez taomlar beriladi.
Tibbiy personal diqqat-e’tibori, yuksak kasbiy maxorati va tez xizmat ko’rsatishni ta’minlay olishi bilan ajralib turadi.