Qon olish bo’limi
TEMIR YO’L SOHASIDA QON XIZMATINI RIVOJLANISH TARIXI
1936 yilga qadar qon quyish xizmati temir yo’l shifoxonalari tarkibida faoliyat yuritgan.
O’rta Osiyo temir yo’llari tarkibida qon xizmatiga qaldirg’ochlaridan bo’lib temir yo’l bosh xirurgi Aleksandr Ivanovich Zverev asos solgan. Uning xizmatlari evaziga 1936 yil Toshkentda temir yo’l shifoxonasi xirurgiya bo’limi qoshida qon quyish bo’limi ochilgan. Bir oz vaqt o’tgach Qo’qon temir yo’l shifoxonasida ham huddi shunday bo’lim ochildi. Hozir tasavvur qilish qiyin, lekin dasitavval donorlik qonllari 500 ml hajmdagi shisha qopqog’li idishlarda olingan.
Respublikamizda qon xizmatini asoschichsi bo’lib ikkinchi jahon urushi vaqtida Toshkentda ishlagan professor I.A. Kassirsiy hisoblanadi. O’rta Osiyo temir yo’llari qon xizmatiga professor V.K. Yasevich ulkan hissa qo’shgan. Bu ikki buyuk professorlar temir yo’l shifoxonalarida gematologiya masalalari maslahatchi bo’lib ulkan ishlarni o’z vaqtida amalga oshirishgan.
1957 yillarda mamlakatimizda beg’araz donorlik xizmati jadal rivojlana boshladi. O’sha paytdagi Sog’liqni saqlash xizmati boshlig’i A. B. Akbarov tashabbusi bilan temir yo’l sohasida ham beg’araz donorlik faoliyati rivojlana boshladi. Bu voqea qon tayyorlashga sezilarli ta’sirini ko’rsatib, tayyorlanayotgan qonllar miqdori keskin oshdi. Buning natijasida esa qon xizmatini rivojlantirishga ehtiyoj tug’ildi.
1956 – 1957 yillar davomida qon quyish xonasini qon quyish bo’limiga aylantirishga erishildi. Chkalov nomidagi zavodda qon quyish bo’limiga qon plazmalarini quritish uchun maxsus dastgoh tayyorlandi. Bundan tashqari standart gemagglyutinlovchi va antirezus zardoblar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Toshkent transport muxandislari institutida katta miqdorda 280 nafar beg’araz donorlardan dastlabki qon olish ishlari amalga oshirildi.
1971 yili O’rta Osiyo temir yo’llari Sog’liqni saqlash xizmati tomonidan birinchi bo’lib temir yo’l qon quyish stantsiyasi tashkil etildi. Shu yil bizning stantsiyamizni tashkil etilgan yili bo’lib qoldi. TYQQS ning birinchi bosh shifokori bo’lib Lev Naumovich Degtyaryov tayinlandi.
1980 yili TYQQS da yangi bo’lim – qon plazmalarni fraktsionlash bo’limi ochildi. Xuddi shu vaqtdan boshlab TYQQS qon komponentlaridan tashqari qon preparatlarini ishlab chiqarishni boshladi.
Shu yo’llarni bosib o’tib hozirgi vaqtga etib kelindi. Hozirgi vaqtdagi joylashgan bino maxsus TYQQS uchun qurilgan hisoblanadi. Temir yo’l qon quyish stantsiyasi 2021 yildan boshlab «O’zbekiston temir yo’llari» AJ Markaziy klinik kasalxonasining tasarrufida qon quyish bo’limi sifatida ish olib bormoqda.
TYQQS tarkibi
- DONORLAR VA DONORLIK QONLARINI TAYYORLASH BO’LIMI– Bo’lim engil avtomashina va maxsus tibbiy vagondan foydalangan holda ham stasionar sharoitda ham stantsiyadan tashqarida temir yo’l korxonalrida faoliyat yuritayotgan ko’ngilli donorlardan donorlik qonlarini olish faoliyati bilan shug’ullanadi.- Tayyorlangan donorlik qonlarini birlamchi fraktsionllashdan o’tkazadi.- Tayyorlangan qonlarni nazoratdan o’tkazib, DPM lar talabnomasi asosida ekspedisiya bo’limi orqali tarqatadi.
- BIRLASHGAN LABORATORIYAO’z tarkibiga qon zardobi, klinik va bioximik laboratoriyalarni oladi.- Donorlik qonlarini kompleks kliniko-bioximik tekshiruvlarini amalga oshiradi.- Standar gemagglyutinlovchi zardoblarni ishlab chiqaradi.
- QON PLAZMASINI FRAKTSIONLASH BO’LIMI– Tasdiqlangan farmakologik ishlab chiqarish standartlari asosida qon preparatlaridan «albumin eritmasi» ni ishlab chiqaradi.- Ishlab chiqarilgan mahsulotni O’zbekiton Respublikasida sertifikatlash va ro’yxatdan o’tkazish bilan shug’ullanadi.
Bo’lim mudiri – GAYIBNAZAROV SHERZOD ABDUFATTOEVICH