Ginekologiya bo’limi

ginekologicheskoe_otdelenie

Ginekologiya bo’limi 20 o’ringa mo’ljallangan.

  • 3 ta (1-2 o’rinli) lyuks palata, xojatxona va dushli 6 ta umumiy palata mavjud.
  • Davolash xonasi
  • Bog’lov, ko’rik xonasi
  • Jarroxlik amaliyoti xonasi, jarroxlik amaliyotiga tayyorgarlik xonasi
  • Kichik jarroxlik amaliyoti xonasi
  • Oshxona
  • Qishqi bog’

Bo’limda quyidagilar amalga oshiriladi

  • Ayollar jinsiy a’zolarining surunkali va o’tkir yallig’lanish kasalliklarini davolash
  • Jinsiy yol orqali yuqadigan infektsiyalar: hlamidioz, mikoplazmoz, kansisoz, genitali gerpesni tekshirish va davolash
  • Bachadon bo’yini patologik xolatlarini tekshirish va davolash: kolposkopiya, tsitologik va gistologik tekshirish
  • Endokrin, nay-peritoneal bepushtlik tashxisi va muolajasi: bachadon naylarining rentgenologik tekshiruvi
  • Bachadon fibromiomasini konservativ va jarroxlik usuli bilan davolash
  • Tuxumdonlarning yaxwi sifatli o’smalarini konservativ va jarroxlik usuli bilan davolash
  • Endometriozni davolash
  • Xomiladorlik ko’rigi va xomiladorlikka tayyorlash
  • Menopauza va klimaks xolatlarini davolash
  • Endometriya, tservikal kanal poliplarini olib tashlash
  • Bartolin bezi kistasini olib tashlash
  • 12 xaftalikkacha bo’lgan xomiladorlikni to’xtatish
  • Bachadon xamda qin osilishi va tushishini jarroxlik yo’li bilan davolash
  • Endometriyning giperplastik jarayonlarini jarroxlik va konservativ yo’l bilan davolash: bachadon bo’shlig’ini diagnostik qilish
  • Bachaondan qon ketishini olingan materialni gistologik tekshirish orqali konservativ va jarroxlik yo’li bilan davolash
  • Ixtiyoriy jarroxlik sterilizatsiyasi
  • Bachadon ichi spiralini qo’yish va olib tashlash
  • Gormonal kontratseptivlarni tanlash bo’yicha maslaxat berish

Bo’lim mudiri: Xabrieva Farida Tyavfikovna

Ginekolog. Birinchi malaka toifasidagi shifokor. Ish tajribasi 28 yil.
1982 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

1982-yildan 1983-yilgacha Yangiyo’l shahridagi 1-tug’ruqxonada akusher-ginekolog stajyor bo’lib ishlagan;
1983-yildan 1987-yilgacha Yangiyo’l tumani Markaziy shifoxonasida akusher-ginekolog bo’lib ishlagan ;
1987 yildan 1994 yilgacha «O’rta Osiyo temir yo’llari» poliklinikasida akusher-ginekolog bo’lib ishlagan;
1994 yildan 1994 yilgacha Toshkent O’rta Osiyo temir yo’llari stansiyasi klinik shifoxonasining ginekologiya bo’limida ginekolog lavozimida ishlagan;
1994-yildan 2015-yilgacha «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi Markaziy klinik shifoxonasi ginekologiya bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan;
2015 yildan hozirgi kungacha «O’zbekiston temir yo’llari» AJ Markaziy klinik shifoxonasi ginekologiya bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.

Jixozlar:

  • Laparoskop
  • Bachadon bo’yini patologiyalarni aniqlash maqsadida Dr Camscope kolposkopi bilan tekshirish
  • ELEPS jarroxlik koagulyatori

Operativ ginekologiya ishiga innovatsion texnologiyalarni joriy yetish maqsadida akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari t. f. n. Shomirov A. K. va yendoskopik jarroh, t. f. n. Shomirov D. A. jalb yetildi.

Laparoskopiya – bu ko‘plab kasalliklarni, shu jumladan tos a’zolarini tashxislash va davolashga imkon beradigan zamonaviy jarrohlik texnikasi. Ginekologiyada laparoskopiya yendoskopik usul bo‘lib, unda optik qurilma yordamida bachadon, fallop naychalari, qorin bo‘shlig‘i organlari, qorin parda holatini vizual baholash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, operatsiya davomida patologik shakllanishlarni olib tashlash, yopishqoqlikni uzish, bachadon naychalarining o‘tkazuvchanligini tekshirish va boshqa manipulyatsiyalarni bajarish mumkin. Masalan, lazer yenergiyasi kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish jarrohlik Laparoskopik davolash samaradorligiga yordam beradi. Bunday jarrohlik aralashuv paytida qon yo‘qotish minimallashtiriladi va kichik kesmalar tufayli teridagi chandiqlar deyarli ko‘rinmaydi. Laparoskopiyadan keyin ayolning tiklanishi va reproduktiv funksiyani tiklash yeng qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi.